+998 71 239 19 52
||
Seminar

Institut xodimlari davlat ichki nazorati tizimini joriy etishga bag‘ishlangan amaliy seminarda ishtirok etdi

Sana: 12 Iyun 2026Format: Gibrid 55

Joriy yilning 8–11-iyun kunlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida Jahon bankining “Institutsional salohiyatni rivojlantirish” loyihasi doirasida PricewaterhouseCoopers (PwC) xalqaro konsalting tashkiloti hamkorligida davlat organlari va tashkilotlarida ichki nazorat tizimini joriy etishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish hamda fiskal tahlillar instituti xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Seminar davomida xalqaro ekspert Andra Larin hamda PwC mutaxassislari tomonidan Internal Control – Integrated Framework xalqaro qo‘llanmasi asosida davlat sektorida ichki nazorat tizimini shakllantirish va takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.

Xususan, ichki nazorat tizimini joriy etishning amaliy jihatlari, rahbariyatning mas’uliyati va hisobdorligi, xavflarni boshqarish, nazorat mexanizmlarining samaradorligini oshirish hamda ichki nazorat tizimini monitoring qilish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar doirasida ishtirokchilar amaliy keyslar asosida tashkil etilgan interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashib, davlat ichki nazorati va ichki audit tizimini takomillashtirishga oid dolzarb masalalar yuzasidan tajriba almashdilar.

Mazkur tadbir Institut xodimlarining davlat moliyasini boshqarish, ichki nazorat va audit tizimlarini takomillashtirish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qildi.


Manba: Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy Telegram kanali

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy